Rasman: Ramazon 13 apreldan boshlanadi
Jamiyat
−
08 aprel 2021 6695 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 aprel kuni “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, Ramazon oyi karantin qoidalariga rioya qilgan holda milliy an’ana va qadriyatlarga mos ravishda o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga ko‘ra 2021 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 13 aprel kuniga to‘g‘ri keladi.
Live
Barchasi