Rasman! Prezident “tonirovka” bo‘yicha qarorni imzoladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avtomobillar oynasining tusini o‘zgartirish narxlarini tushirishga oid qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident bugun, 28 iyun kuni bo‘lib o‘tayotgan vileoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi. 

“Har bir islohotimiz, taklif va tashabbuslarimiz, bu – eng avvalo inson qadri uchun.

Shu bois, xalqimizga qanday yengilliklar bersak, u bizdan rozi bo‘ladi, degan savol barcha rahbarlarni har kuni, har daqiqa o‘ylantirishi kerak.

Har gal joylarga chiqqanimda oddiy-oddiy odamlar bilan uchrashib, muammolarini eshitaman, yana qancha aholimizda shunday muammolar borligi haqida o‘ylayman va unga yechim qidiraman.

Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilayotgan masalalardan ham xabardorman.

Mana, bugungi kunda mamlakatimizda yengil avtomashinalar soni 3,5 milliondan oshdi. Haydovchilarimizda ham ko‘plab e’tirozlar to‘planib qolgan.

Shu bois, bugun haydovchilar va yo‘lovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini ko‘taradigan qarorni imzoladim”, deydi Prezident.

Ushbu qaror hozircha jamoatchilikka e’lon qilingani yo‘q. Davlat rahbari qaror mazmuniga va "tonirovka" narxi qancha bo‘lishiga aniqlik kiritmagan. 

Qaror matni bilan xabardor manbaning so‘zlariga ko‘ra, 

•  orqa va old oyna tonirovkasi — BHMning 15 baravari miqdorida (4,5 mln so‘m);

•  orqa yon oynalar tonirovkasi — BHMning 1 baravari miqdorida (300 ming so‘m) etib belgilangan.

Shuningdek, 1 iyuldan yengil avtomobillarning orqa yon oynalarini “tonirovka” qilish bepul bo‘lishi ham ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3667

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing