Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolati ham tugatildi
Jamiyat
−
27 yanvar 2023
18969Sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shahar kengashi deputatligidan muddatidan oldin iste’foga chiqdi. Tegishli qaror 27 yanvar kuni shahar kengashi tomonidan qabul qilingan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi.
Qonunchilikka ko‘ra, senator va kengash deputati vakolat muddati davomida daxlsizlik huquqiga ega bo‘ladi.
Jahongir Ortiqxo‘jayev 2020 yil yanvar oyida O‘zLiDeP partiyasidan 48-saylov okrugidan Kengash deputati, so‘ngra besh yillik muddatga senator etib saylangan edi. Uning vakolat muddati 2025 yilning yanvarigacha bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 yanvar kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan olganini e’lon qilgandi. Uning ma’lum qilishicha, Ortiqxo‘jayev ogohlantirishlarga qaramay qishga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagan.
Ortiqxo‘jayev o‘rniga uning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi