Rasman: Neymar Jahon chempionatiga boradi (video)
Sport
−
09:38 1808 1 daqiqa
Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti “Santos” hujumchisi Neymarning 2026 yilgi Jahon chempionati tarkibiga kiritdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan maxsus marosimda Braziliya terma jamoasining mundial uchun qaydnomasi e’lon qilindi. OAV xabarlariga ko‘ra, Neymarning CBF bilan munosabatlari uning xatti-harakatlari va jismoniy holati sabab taranglashgani tufayli, uning Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati past baholangan edi.

34 yoshli futbolchi yanvar oyidan buyon “Santos” safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.
“Neymar Jahon chempionatida biz uchun muhim futbolchi bo‘ladi. Biz uni yil davomida kuzatib bordik. U barqaror o‘yin namoyish qilmoqda va yaxshi jismoniy holatda”, deydi Karlo Anchelotti.
2026 yilgi Jahon chempionatida Braziliya “C” guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Neymar Braziliya terma jamoasi safida 128 ta o‘yin o‘tkazib, 79 ta gol urgan. U milliy jamoaga oxirgi bor 2023 yil oktyabr oyida chaqirilgan edi.
Live
Barchasi