Rasman: Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 18 noyabr kuni Toshkent viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirok etdi. 

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosarlari, viloyat, shahar va tumanlar sektorlar rahbarlari, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatlari, Senat a’zolari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari qatnashdilar. 

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezident farmoni bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi. Unga ko‘ra, viloyat hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. 

Ayni paytga qadar Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Davron Hidoyatov joriy yilning yanvar oyi oxirida Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made