Rasman! “Liverpool” Fabio Karvalyuni sotib oldi

Sport

image

Angliyaning “Liverpool” klubi “Fulxem”ning yosh yarim himoyachisi Fabio Karvalyu bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “Liverpool”ning rasmiy saytida xabar berildi.

19 yoshli portugaliyalik yarim himoyachi 1 iyul kuni rasman “qizillar” safiga qo‘shiladi. Qayd etish joizki, “Liverpul” portugaliyalik futbolchi uchun 5 million funt to‘lashi, yana 2,7 million funtni “Fulxem” bonuslar ko‘rinishida olishi mumkinligi ma’lum. Shuningdek, “Fulxem” futbolchining keyingi sotuvidan foiz olish huquqini ham oldi.

Ma’lumot o‘rnida, Karvalyu mavsum oxirida “Fulxem”ning Angliya Premer ligasiga qaytishiga yordam berdi. Joriy mavsumda Fabio “Fulxem” tarkibida Chempionshipda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing