Rasman! Gvardiola “Siti”dan ketishini ma’lum qildi
Sport
−
15:47 2888 1 daqiqa
Ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiola 10 yillik faoliyatidan so‘ng, rasman “Manchester Siti” bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi. Bu haqda “shaharliklar” klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni paytda “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasi jadvalida “Arsenal”dan ikki ochko orqada qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa ushbu mavsumda Angliya kubogi va Liga kubogida g‘olib chiqdi.
Gvardiola qo‘l ostida “Manchester Siti” joriy mavsumda ikkita sovrin – Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo‘lga kiritishga erishdi. “Shaharliklar” Premer-liga chempionligi uchun kurashning 35-turida “Bornmut”ga qarshi o‘yindagi durang sababli “Arsenal”ga imkoniyatni boy berdi.
Ma’lumot uchun, 55 yoshli Pep Gvardiola 2016 yildan buyon Manchester klubini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida “Manchester Siti” bir marta Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, olti marta Angliya chempionligi, 3 ta Angliya kubogi va 5 ta Liga kubogida zafar quchgan. Gvardiola faoliyati davomida, shuningdek, “Barselona” va “Bavariya”ni ham boshqargan.

Live
Barchasi