Rasman: Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilish uchun ariza topshirdi

Olam

image

Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOdagi elchilari alyansga a’zo bo‘lish uchun arizalarini rasman topshirdi. Arizani topshirish marosimi alyans Matbuot xizmati tomonidan onlayn translyatsiya qilindi.

Qayd etilishicha, Stoltenberg Finlyandiya va Shvetsiya elchilari bilan uchrashuvda NATO Shvetsiya va Finlyandiyaning alyansga qo‘shilish haqidagi arizalarini olqishlagani va imkon qadar tezroq zarur bo‘lgan barcha masalalarni hal etilishini ta’minlash niyatida ekani hamda Boltiqbo‘yidagi xavfsizlik tizimini moslashtirishini ma’lum qilgan. 

"Men Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish iltimosini iliq kutib oldim. Bugun bildirgan takliflaringiz tarixiy qadamdir. Endi alyans NATOga kirish yo‘lidagi keyingi qadamlarni muhokama qiladi. Barcha davlatlarning xavfsizlik manfaatlarini hisobga olish kerak va biz barcha masalalarni hal qilishga hamda qabul jarayonini tezda yakunlashga qaror qildik”, deydi u. 

Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, alyans hozir “Boltiq dengizidagi xavfsizlik tizimini moslashtirmoqda”.

Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga intilishlari

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush boshlashi ortidan uzoq yillar davomida betaraflik maqomida bo‘lib kelgan Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilish harakatiga tushdi. 

Joriy yilning 12 may kuni Finlyandiya Prezidenti va Bosh vaziri mamlakat NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. NATO ham bu davlatni ortiqcha jarayonlarsiz tashkilotga olishga tayyorligi bildirildi.

Buning ortidan rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qildi.

“Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi Shimoliy Yevropa mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga hamda Rossiya-Finlyandiya ikki tomonlama munosabatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ladi”, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Bundan tashqari, Shvetsiyaning hukmron Sotsial-demokratik partiyasi rahbariyati 15 may kuni Alyansga qo‘shilish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini e’lon qiladi. OAV xabarlariga ko‘ra, mamlakat kelasi hafta NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza beradi.

11 may kuni esa Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ikkala Skandinaviya davlatiga tashrif buyurib, Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini imzoladi.

13 may kuni esa NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga ijobiy qaramasligini bildirdi. Bunga ikki davlat Turkiya terrorchi deb tan PKK'ni ko‘llab-quvvatlashi sabab qilib ko‘rsatildi.

Finlyandiya va Shvetsiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi fonida uzoq muddatli betaraflikdan voz kechish va NATOga qo‘shilish imkoniyatlari haqida gapira boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing