Rasman! Ferran Torres PSJ futbolchisiga aylandi
Sport
−
14:56 289 1 daqiqa
Fransiyaning PSJ jamoasi “Barselona” hujumchi Ferran Torresni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Parij klubi Toress bilan 2031 yilga qadar shartnoma imzolagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, PSJ26 yoshli hujumchining transferi uchun Kataloniya klubiga 50 million yevro to‘lagan.
Ma’lumot uchun, Torres 2022 yil yanvar oyidan buyon “Barselona” safida to‘p tepib kelayotgan edi. U kataloniyaliklar tarkibida barcha musobaqalarda 207 ta uchrashuvda maydonga tushib, 65 ta gol urgan va 23 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Ferran Torresning bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi. Shu tariqa, 26 yoshli ispaniyalik hujumchining “Barselona”dagi 4,5 yillik faoliyati yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 iyul kuni Ferran Torres Jahon chempionati finalida gol urib, Ispaniya terma jamoasiga chempionlikni taqdim etgan edi.
Live
Barchasi