Rasman! Eski “prava”larni almashtirish muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi. 

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:

•  2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;

•  2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;

•  2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;

•  2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

Avvalroq, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirishning oxirgi muddatlari mutanosib tarzda – 2023 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

606

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing