Rasman: Eron JCH-2026 da ishtirok etadi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Eron milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun to‘liq tayyor. Bu haqda hukumat vakili Fotima Mohajeraniy kecha, 22 aprel kuni IRIB davlat teleradiokompaniyasi orqali bergan bayonotida so‘z ochdi. 

Yoshlar va sport vazirligi jamoaning turnirda samarali ishtirok etishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ta’minlaganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, jamoaning musobaqada samarali qatnashishi uchun barcha zarur sharoitlar ta’minlangan. Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, tayyorgarlik ishlari Sport vazirining topshirig‘i asosida olib borilgan bo‘lib, jamoaning muvaffaqiyatli ishtiroki uchun kerakli infratuzilma va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.

Qayd etish joiz, joriy yilning 16 aprel kuni FIFA prezidenti Janni Infantino Eron terma jamoasi yaqinlashyotgan Jahon chempionatida ishtirok etishi kutilyotganini aytgan. U turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etishini eslatib, jamoa saralashdan o‘tganini va AQSH-Isroilning Eronga qarshi davom etyotgan urushiga qaramay, o‘ynash istagini bildirganini ta’kidlagan.

“Eron albatta kelishi kerak, ular o‘z xalqini himoya qiladi, futbolchilar o‘ynashni xohlaydi. Sport siyosatdan tashqarida bo‘lishi lozim”, deydi Infantino.

AQSH Prezidenti Donald Tramp esa joriy yilning mart oyida Eron jamoasi musobaqada qatnashishi mumkinligini aytgan.

Rejaga ko‘ra, Eron o‘zining “G” guruhi doirasidagi uchta o‘yinini AQSHda o‘tkazadi – ikkitasi Los-Anjelesda, bittasi Sietlda. Jamoaning turnir uchun bazasi esa Arizona shtatidagi Tukson shahrida joylashadi.

Eslatib o‘tamiz, Eronning ushbu yirik musobaqadagi ishtiroki 28 fevral kuni AQSH va Isroil tomonidan boshlangan mojaro sabab shubha ostida qolgan va rasmiylar milliy hamda klub sport jamoalariga “dushman” deb baholangan mamlakatlarga safar qilishni taqiqlan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing