Rasman: YeCHL finali Rossiyadan olib qo‘yildi

Sport

image

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) 2022 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburg shahridan Parijga ko‘chirilganini ma’lum qildi. Final 28 may kuni "Stad de Frans" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manbaga ko‘ra, UEFA rahbariyati bu qarorni bir ovozdan ma’qullagan. Bunga Rossiyaning Ukraina hududida "maxsus harbiy operatsiya" boshlagani sabab bo‘lgan. Yevropa futboli Moskvaning harakatini suveren davlat hududiga bosqin deb hisoblagan.

Bundan tashqari, yaqin kelajakda Rossiyada har qanday xalqaro o‘yinlarni o‘tkazishda muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, katta ehtimol bilan Qozon ham 2023 yilda UEFA Superkubogiga mezbonlik qilish huquqidan mahrum bo‘ladi.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing