Rasman: Dunyo pandemiyaning o‘ta xavfli bosqichiga o‘tdi
Olam
−
03 iyul 2021
13154Dunyo koronavirusning yuqumliroq variantlari, masalan, “delta” shtammi tufayli pandemiyaning o‘ta xavfli bosqichiga o‘tdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qilgan.
Uning ta’kidlashicha, “delta” hozirda ko‘plab mamlakatlarda dominant turga aylanmoqda. Virusning ushbu turi allaqachon 98 mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan, u aholining emlash darajasi ham yuqori, ham past bo‘lgan mamlakatlarda tarqalmoqda.
“Pandemiya sur’atini sekinlashtirish uchun emlash kerak. Men dunyo mamlakatlari rahbarlarini bir yil ichida har bir davlatning 70 foiz aholisini COVID-19 ga qarshi emlashni ta’minlash uchun birgalikda ishlashga chaqirdim”, degan Gebreyesus.
JSST rahbari shu yilning sentyabr oyigacha barcha mamlakatlar aholisining kamida 10 foizini emlashga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, bu sog‘liqni saqlash xodimlari va aholining eng zaif qatlamlarini himoya qiladi, shuningdek, pandemiyaning eng o‘tkir bosqichini yengishga yordam beradi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 183 mln 868 ming 81 kishini tashkil etmoqda. Kasallikdan vafot etganlar soni 3 mln 980 ming 348 kishiga yetgan.
LiveBarchasi