Rasman! APL yangi mavsumi start oldi

Sport

image

Kecha, 21 avgust kuni “Arsenal” Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidagi birinchi uchrashuvida o‘z maydonida “Koventri”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, APL 2026-2027 yilgi mavsum rasman start oldi.

Ushbu uchrashuv London shahridagi “Emireyts” stadionida bo‘lib o‘tdi. G‘olib jamoa tarkibida Kay Xavers 15-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Bukayo Saka 23-daqiqada ikkinchi golni urdi. Martin Edegor esa 49-daqiqada “Arsenal”ning uchinchi goliga mualliflik qildi.

O‘tgan mavsumda “Arsenal” 2004 yildan buyon ilk bor Angliya Premer-ligasida chempion bo‘ldi. Shuningdek, jamoa Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borib, hal qiluvchi bahsda “Pari Sen-Jermen”ga mag‘lub bo‘lgandi.

“Koventri” esa 2000-2001 yilgi mavsumdan keyin birinchi marta Angliya Premer-ligasida ishtirok etmoqda. O‘sha mavsumda jamoa chempionatni 19-o‘rinda yakunlagan edi.

“Koventri” bosh murabbiyi uch karra Angliya chempioni, “Chelsi” bilan Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi g‘olibi Frank Lempard hisoblanadi. U 2024 yilda jamoa boshqaruvini qo‘lga olgan. “Koventri” o‘tgan mavsumda Angliya chempionatining ikkinchi darajali divizionida g‘olib chiqqan edi.

Ma’lumot uchun, keyingi turda “Arsenal” joriy yilning 31 avgust kuni safarda “Aston Villa”ga qarshi maydonga tushadi. “Koventri” esa 29 avgust kuni o‘z maydonida “Xall Siti”ni qabul qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing