Rasman: “Al-Hilol” – “Paxtakor” uchrashuvi qoldirildi

Sport

image

Ayni paytda koronavirus epidemiyasi ko‘plab mamlakatlarga tarqaldi. Ushbu xavfli virus Saudiya Arabistonini ham chetlab o‘tmadi. 

Xabaringiz bor, Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur doirasida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi joriy yilning 3 mart kuni Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi bahs olib borishi kerak edi.

Koronavirus Saudiya Arabistoniga kirib borgani bois “Al-hilol” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda bugun, 28 fevral kuni OFK rasmiy sayti xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya S seriasida ishtirok etuvchi “Pyaneze” jamoasining 22 yoshli futbolchisi koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edik. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 83716 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu virus sabab vafot etganlar esa 2859 nafarga yetdi. Shifo topganlar esa 36649 kishini tashkil etmoqda.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing