Rasman: 1 iyuldan “svet” va gaz narxi oshmaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 iyulidan boshlab elektr va gaz tariflariga o‘zgartirishlar kiritilmaydi. Bu bo‘yicha e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasi qarori qayta o‘rganilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ma’lum qildi. 

“Hozirda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qilamiz.

Mazkur loyiha doirasida fuqarolardan mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda Energetika, Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, tahlil qilinmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qabul qilingan takliflar bo‘yicha barcha xulosalar va mutaxassislarning xulosalari taqdim etilgandan so‘ng, ushbu masala bo‘yicha yakuniy va tegishli qaror qabul qilinadi.

Qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, tariflarning o‘zgarishi hukumat qarori qabul qilingan kundan boshlab 15 kundan keyin kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 may kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi. Qarorda 2022 yil 1 iyuldan O‘zbekiston bo‘ylab aholiga gaz va elektr energiyasi uchun “ijtimoiy norma” joriy qilinishi va narx oshirilishi taklif qilindi. 

Mazkur qaror loyihasi bilan 2022 yil 1 iyuldan boshlab elektr energiyasi bo‘yicha aholi uchun oyiga 250 kVt soatgacha "ijtimoiy norma" belgilanayotgan edi. Shuningdek, 1 kVt 325 so‘mga baholandi. Normadan oshiq iste’mol qilingan elektr energiyaning har 1 kVt soati uchun – 650 so‘m to‘lanishi aytildi.

Tabiiy gaz bo‘yicha o‘rnatiladigan tartib esa isitish mavsumini hisobga olib belgilanishi qayd etildi. Xususan, aholi uchun:

•    1 kub m tabiiy gaz iste’moli oyiga isitish mavsumida 700 kub metrgacha – 410 so‘m, 700 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1 200 so‘m;

•    isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub metrgacha – 410 so‘m, 200 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1 200 so‘mni tashkil qilishi;

•    suyultirilgan gaz esa aholi uchun – 1 600 so‘m miqdorida belgilanayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

574

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing