Toshkentdagi ikki ko‘cha vaqtincha yopiladi

Jamiyat

−

image

Toshkent shahridagi keng ko‘lamli ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari doirasida shahardagi ikkita ko‘cha vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

20 may soat 22:00 dan 21 may 06:00 gacha, 21 may soat 22:00 dan 22 may 06:00 ga qadar quyidagi yo‘llar yopiladi:

  • Qorasaroy va Nurafshon ko‘chalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Kichik halqa avtomobil yo‘li Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Qorasaroy ko‘chasi bilan kesishmasigacha.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida may-sentyabr oylarida qator ko‘cha va chorrahalarda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilishi e’lon qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing