Adliya vazirini chaqiringlar, eshiklarni yopib, qonun yozishni qachon o‘rganishini so‘ranglar – Prezident
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
11697Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig‘ilishi davom etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev majlisda sifatsiz qonunlar masalasida alohida to‘xtalib o‘tdi. U Qonunchilik palatasi deputatlariga yuzlanar ekan:
“Qonunlarni takomillashtirishni mas’ul vazirliklardan talab qiling. Qonunni tayyorlagan tashabbuskor vazir bilan, Adliya vazirining shu sohaga mas’ul o‘rinbosarini ishdan olish haqida taklif beringlar, hamma narsa o‘zgaradi. Vaziyat o‘zgaradi. Prezident obro‘ingizni saqlash uchun sizlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Faqat shunga asos tayyorlab beringlar.
Yana qaytaraman, bu masala bilan sizlar band bo‘lmasligingiz kerak. Diqqat e’tiboringizni qonunlarda xalq manfaati qay darajada aks etayotganiga qarating”, deydi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev shuningdek, avvalgi ishlagan lavozimlarida ham, hozir ham xalq manfaati yuzasidan qaror chiqarishni birinchi darajada deb bilishini aytdi.
“Qadimgi Rim shoiri Publiliy Sirning mazkur jumlasini o‘zingizga shior qilib olsangiz yaxshi bo‘lardi. “Qonunlar kuchli bo‘lgan joyda, xalq ham albatta kuchli bo‘ladi”. Xalq qonunim bor ekan, meni har sohada himoya qiladi deb o‘ziga ishonadi. Mana sizlar nimalarga e’tibor qaratishingiz kerak.
Vergul qo‘yilmabdi va shu kabi texnik xatolarga sizlar diqqatingizni qaratishingiz kerak emas. Bu tashabbuskor vazir, Adliya vazirining xatosi. Sizlar esa ushbu qonunda xalq manfaati bormi, deb o‘ylashingiz kerak.
Adliya vazirini chaqiringlar, eshiklarni yopib, qonun yozishni qachon o‘rganishini so‘ranglar. Tashabbuskor vazirlardan ham so‘rang”, deya Shavkat Mirziyoyev Qonunchilik mexanizmidagi xatolar masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr