Ramzan Qodirovning tobi qochdi. U koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkin
Olam
−
21 may 2020
8618Checheniston rahbari Ramzan Kodirov koronavirus yuqtirib olishda gumonlanyapti. Kecha, 20 may kuni Qodirovni samolyotda Moskvaga olib kelib, eng yaxshi klinikalardan biriga yotqizishgan.
Checheniston rahbarida koronavirus alomatlari bir necha kun avval ayon bo‘la boshlagan. Uning ahvoli tezda yomonlasha boshlagach, shifokorlar unga Moskvadagi shifoxonalarga murojaat qilishni tavsiya qilgan.
Tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, Ramzan Qodirovning o‘pkasi yallig‘langani aniqlangan. Ammo hozirda bu COVID-19 sabab yuzaga kelgani aniq emas.
LiveBarchasi