Ramzan Qodirov Turkiya hukumatini terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Turkiya hukumatini Rossiyada jinoyat sodir etgan terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi va Tashqi ishlar vazirligini Anqaraga qarshi diplomatik choralar ko‘rishga chaqirdi.

“Ular Turkiyada o‘zlarini shu qadar erkin his qiladilarki, Rossiyaga qarshi o‘zlarining bema’ni, targ‘ib qiluvchi va provokatsion chiqishlarida himoyasiz ayollarga nisbatan qilingan qo‘pollikni ham mensishmadi”, deb yozdi Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.

U, shuningdek Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘andan qaror qabul qilishni talab qildi: yo Anqara terrorchilarni ochiqdan ochiq qo‘llab-quvvatlovchi davlat maqomini oladi yoki “o‘z e’tiqodini o‘zgartirmagan holda” Moskva bilan shaffof va halol munosabatlarni yoqlaydi.

Siyosatchining ta’kidlashicha, “qidiruvdagi bosqinchi va bezorilar” Turkiyadan boshpana topib, bog‘larni terrorchilar nomi bilan atash uchun ochiqchasiga yig‘ilishlar va tadbirlar uyushtirmoqda”. Shu sababdan Checheniston bu holat yuzasidan javob qaytarish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Masalan, bu holatda Turkiya qamoqxonalaridan birida umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Kurdiston ishchilar partiyasi asoschisi Abdulla O‘jalan nomini Grozniyda abadiylashtirish biz tomondan juda mantiqiy va siyosiy tomonlama muqobildir”, deydi Checheniston rahbari.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi faol bo‘lishi va Anqaraga nisbatan diplomatik sanksiyalar joriy qilishi kerak edi, chunki Turkiya rahbariyatining harakatlari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga bevosita tahdid soladi.

Munira Tursunova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing