Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligi uchun saylovda 99 foiz ovoz bilan g‘alaba qildi 

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ramzan Qodirov Checheniston Respublikasi Prezidenti saylovida 99,7 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda

Qayd etilishicha, berilgan ovozlar 100 foiz hisoblab chiqilgan. Natijalar esa quyidagicha bo‘lgan:

  • Ramzan Qodirov “Yagona Rossiya” partiyasidan 99,7 foiz;
  • Iso Xojimurodov “Adolatli Rossiya – haqiqat uchun” partiyasidan 0,15 foiz;
  • Xolid Nakayev Rossiya Federatsiyasining Kommunistik partiyasidan 0,12 foiz to‘plagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Ramzan Qodirov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan videokonferensiya shaklida o‘tgan suhbatida “sadoqatli piyoda askar kabi ko‘rsatmalaringizni kutaman”, deya ta’kidlagan edi. Bunga javoban Putin Qodirovga saylovlarda qatnashishini aytib, unga muvaffaqiyat tilagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Ramzan Qodirov 2007 yildan beri respublikaga rahbarlik qilib keladi. Checheniston rahbarligi uchun so‘nggi saylovlar 2016 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan. Ramzan Qodirovnning otasi Ahmat Qodirov ham Chechenistonga rahbarlik qilgan (2000-2004). 2004 yilning 9 may kuni Grozniy shahridagi “Dinamo” stadionida “G‘alaba kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan bayramda terakt yuz bergan. Sodir bo‘lgan katta portlashda Respublikaning o‘sha paytdagi rahbari Ahmat Qodirov ham halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing