Ramazonning ilk kunlarida ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Mart oyining oxirgi kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan iliq havo kirib kelishi boshlangan, ushbu holat aprel oyining birinchi haftasida ham davom etadi.

Bugun, 1 aprel kuni va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 20-24 darajagacha, ba’zi joylarda 25-28 darajagacha isiydi. Bu aprel oyi boshidagi ko‘p yillik qiymatlardan 4-6° darajaga yuqoridir.

Respublika hududining katta qismida ushbu kunlarda asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 2 aprel, shanba kuni havo bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqalidroq bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing