Ramazonda qanday ovqatlanish kerak?
Intervyu
−
18 fevral 1462 2 daqiqa
Ramazon – sabr, shukr va ma’naviy poklanish oyi. Bu davrda inson nafaqat ruhan, balki jismonan ham o‘zini sinovdan o‘tkazadi. Kun davomida ovqat va suvdan tiyilish organizm faoliyatiga muayyan ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ro‘zani to‘g‘ri tashkil etish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. QALAMPIR.UZ muxbiri mavzu yuzasidan 40 yillik tajribaga ega shifokor Shavkat Ibragimov bilan suhbatlashdi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Ramazon oyi shunchaki och yurish davri emas. U aniq reja, me’yor va intizomni talab qiladi. Saharlik va iftorni to‘g‘ri tashkil etish, yetarli miqdorda suv iste’mol qilish, uyqu rejimiga rioya etish sog‘lom ro‘zaning asosiy omillaridir.
Shuningdek, Ramazonni vazn kamaytirish vositasi sifatida qabul qilish ham har doim ham to‘g‘ri emas. Noto‘g‘ri ovqatlanish va me’yorga amal qilmaslik oqibatida aksincha, vazn ortishi kuzatilishi mumkin. Bu jarayonda muvozanat va to‘g‘ri yondashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ushbu intervyuda quyidagi savollarga javob olasiz:
- Iftordan keyin och qoringa chekish organizmga qay darajada ta’sir ko‘rsatadi?
- Nega ayrimlar ro‘za davomida ozish o‘rniga semirib ketadi yoki umuman vazn tashlay olmaydi?
- Saharlikni o‘tkazib yuborish qanchalik xavfli?
- Kun davomidagi holsizlikni kamaytirish uchun qanday tavsiyalar bor?
- Qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlar uchun qanday maslahatlar beriladi?
- Bolalar va o‘smirlar ro‘za tutayotganda nimalarga alohida e’tibor qaratish kerak?
- Saharlikda qaysi mahsulotlar uzoq vaqt to‘qlik hissini ta’minlaydi? Kofe yoki qora choy iste’moli tavsiya etiladimi?
- Gazli ichimliklar va shirin taomlar iftordan keyin organizmga qanday ta’sir qiladi?
- Ramazon oyida bosh og‘rig‘i, qon bosimining tushishi yoki ko‘tarilishi nimalar bilan bog‘liq?
- Qabziyat muammosining oldini qanday olish mumkin?
Ushbu intervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin