Ramazon Temirov UFC'dagi debyutini g‘alaba bilan boshladi (video)
Sport
−
13 Oktabr 2024 9913 1 daqiqa
13 oktyabrga o‘tar kechasi AQSHda o‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov mezbon jangchi Sijey Vergaraga qarshi oktagonga chiqib, g‘alaba qozondi.
Ilk raunddayoq Temirov raqibini ikki bor oktagonga qulatdi. Raqibining tana qismiga yo‘llangan zarbalardan keyin Sijey katta og‘riqni his qildi va hakam jangni to‘xtatdi.
Shunday qilib, 27 yoshli Temirov tashkilotdagi debyutini muvaffaqiyatli boshladi. 33 yoshli Vergara esa UFC’dagi 4-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
“Bu divizionga tomoshabop jang qiladigan yangi chempion keldi”, deydi Temirov jangdan keyingi intervyusida.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr