Ramazon Temirov diskvalifikatsiyadan so‘ng UFC’da jang qiladi

Sport

image
O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Ramazon Temirov joriy yil iyul oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida ishtirok etadi. Bu haqda Vestnik MMA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Temirov yengil vazn toifasida avstraliyalik jangchi va sobiq jahon chempioni Stiv Ersegga qarshi oktagonga chiqadi. Uch raunddan iborat jang joriy yilning 25 iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu Temirovning diskvalifikatsiyadan keyingi ilk jangi bo‘ladi. 2025 yil yozda Ramazon Temirov topshirgan ikkita doping tahlili ijobiy natija ko‘rsatgan edi. Muvaffaqiyatsiz tahlil qozog‘istonlik Asu Almabayevga qarshi jang oldidan aniqlangan.

Shundan so‘ng, Temirov janglardan chetlatilgan va uning o‘rnini perulik Xose Ochoa egallagandi. 2025 yil oktyabr oyida Temirovga o‘sha yilning iyulidan boshlab bir yillik diskvalifikatsiya jazosi berilgandi.

Maqola muallifi

Teglar

UFC Ramazon Temirov Stiv Ertseg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing