Ramazon boshidan buyon “Vaqf” fondiga qancha xayriya puli kelib tushdi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston bo‘ylab ramazon oyi boshidan buyon odamlardan “Vaqf” fondiga 772 million so‘mdan oshiq xayriya kelib tushgan. Bu haqda kecha, 6 aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda jamg‘arma rahbari vazifasini bajaruvchi Ziyovuddin Mirsodiqov ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida:

  • respublika bo‘ylab 312 ta oilaga 58 150 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari;
  • moddiy ko‘makka muhtoj 37  nafar fuqaroga 66 600 000 so‘m pul mablag‘lari xayriya qilingan bo‘lsa, 700 dan ortiq ro‘zador uchun iftorlik dasturxonlari yozilgan.

Shuningdek, Ramazon oyining ikkinchi haftasi davomida fond tomonidan aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlami va diniy ta’lim muassasalari ustoz va talabalari uchun 111 million 720 ming so‘mlik xayriya ishlari amalga oshirilgan.

O‘tgan hafta davomida fondning Surxondaryo viloyati filiali tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda viloyatdagi boshpanasiz, nochor oilaga 5 xonali uy qurib bitkazilib, to‘liq jihozlangan holda xayriya qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

“Vaqf” fondi xayriya puli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar