Ramazon hayitining ilk kuni bo‘yicha ma’lumot berildi
Jamiyat
−
18 aprel 2023 99267 1 daqiqa
O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini munosib kutib olish, Islom dini tartib-qoidalari asosida hilolni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh faoliyat yuritmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur ishchi guruhning vakillari mamlakatning turli hududlarida hamda AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya va Rossiya mintaqalarida ham kuzatish ishlarini olib bormoqda.
Bildirilishicha, taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat mazkur ishchi guruh Ramazon hayitining birinchi kuni – Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlik asosida kuzatishmoqda.
Ushbu ishchi guruh kuzatish natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga taqdim etadi.
Ramazon hayitining birinchi kuni haqidagi ma’lumotlar Ulamolar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar qabul qilinadi.
Live
Barchasi