Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida Prezident farmoni e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Ramazon hayitining birinchi kuni 2023 yilda 21 aprelga to‘g‘ri kelishini  inobatga olgan holda aholining ushbu bayramni munosib kutib olishi va yuksak saviyada o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF–270-son Farmoniga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF–270-son Farmoniga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:

1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. 2023 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansin:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2 yanvar – dushanba, 24 aprel – dushanba, 30 iyun – juma;

olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3 yanvar – seshanba, 20 mart – dushanba, 22 mart – chorshanba, 22 aprel – shanba, 24 aprel – dushanba, 1 iyul – shanba, 2 sentyabr – shanba, 30 dekabr – shanba”.

2. 3-banddan beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

3. 4-banddagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari “Madaniyat va turizm vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing