Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi kutilyapti?
Bu qiziq
−
25 mart
60912Prezident farmoniga binoan joriy yilgi Ramazon hayiti bayramida barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishi kutilmoqda.
Unga ko‘ra:
- 10 aprel, chorshanba – Ramazon Hayiti kuni;
- 11 aprel, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 12 aprel, juma – 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13 aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
- 13 aprel, shanba – barcha uchun ish kuni;
- 14 aprel, yakshanba – barcha uchun dam olish kuni;
Ma’lumot uchun, Ramazon oyining 30-kuni 9 aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko‘rinishi o‘zgarmasa, unda Ramazon hayiti 10 aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Agar yangi oy ko‘rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o‘zgarish kiritilishi mumkin.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi