Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentning ko‘plab ko‘chalari yopiladi

Jamiyat

image

2025 yilning 30 mart kuni Toshkent shahridagi 124 ta masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan shu kuni poytaxtdagi ayrim ko‘chalar yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ramazon hayitini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 30 mart soat 00:00 dan 7:30 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi:

Mirzo Ulug‘bek tumani :

  • “To‘ra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi-Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li-Sultoniya ko‘chasigacha.
  • Bektemir tumani :
  • “Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi-Xusayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Olmazor tumani:

  • “Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi-KXAY-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.
  • “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi-Qorasaroy-Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy-Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.
  • “Do‘stjonboy” masjidi oldidagi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor ko‘chalari kesishmasidan, Keles yo‘li-Noraztepa ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani:

  • “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza-Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
  • “Xo‘ja Allambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor-Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon-Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
  • “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi-Nurafshon-Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon-Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

  • “Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
  • “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi-Al-Xorazmiy-So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan-So‘galli ota ko‘chasigacha.
  • “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani:

  • “Abdulloh ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi-Lutfiy-Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy-Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha.
  • “Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

  • “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi-KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY-Sh. Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.
  • “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi-Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani:

  • “Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi-KXAY-Qushbegi chorrahasidan KXAY-Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Sergeli tumani:

  • “Nurul Islom” masjidi oldidagi TXAY-Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasidan, TXAY-Qumariq ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

  • “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi-Farg‘ona yo‘li-Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li-Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

  • “Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi-Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Qo‘shimcha qilinishicha, masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

“Fuqarolarimizdan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston masjidlarida joriy yilning 30 mart – yakshanba kuni o‘qiladigan Ramazon hayiti namozining vaqtlari belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Ramazon hayiti ko'chalar yopiladi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing