Raqobat qo‘mitasi raisi kursisidan ketishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shohruh Shoraxmetov lavozimidan ozod etilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida kelgusi yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytildi. 

Yig‘ilishda sut ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi. Sariyog‘ eksportiga cheklovni bekor qilish, sut yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha Hukumatga topshiriq berildi. 

Yirik chakana savdo tarmoqlarida sotilayotgan quruq va tabiiy sutdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni alohida belgilash amaliyotini joriy etish, ko‘chma go‘sht-sut shoxobchalarini tashkil qilish zarurligi ta’kidlandi.

Yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi bo‘yicha shikoyatlar ko‘pligi Raqobat qo‘mitasi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklardan dalolat ekani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan qo‘mita raisi Shohruh Shoraxmetovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.

Ma’lumot uchun, Shohruh Shoraxmetov 1998 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999 yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini tamomlagan. 2021 yildan sobiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, hozirgi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasini boshqarib kelmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing