“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda tovar va moliya bozorlarida sog‘lom raqobat muhiti ta’minlanishi belgilandi va bu bo‘yicha “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Prezident tomonidan imzolangan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan kelishishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Shuningdek, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritilib, unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt qaysi faoliyat turiga asosan tabiiy monopoliya sub’ektlari jumlasiga kiritilsa, o‘sha faoliyat turi uning asosiy faoliyat turi hisoblanadi.

Jazolar tizimini liberallashtirish maqsadida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past ta’sir darajasiga ega bo‘lgan buzilishini birinchi marta sodir etgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar tarzidagi javobgarlik choralari qo‘llanilmasligini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senatining 2023 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan o‘ttiz yettinchi yalpi majlisida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingandi. Mazkur qonun mamlakat hududida tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash, raqobat muhitini himoya qilish, tovar, moliya va raqamli bozorlarni samarali faoliyat ko‘rsatishiga sharoit yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Ta’kidlash joiz, unda 2012 yil qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlar birlashtirilib, tabiiy monopoliya va ustun mavqega ega sub’ektlarga qo‘yiladigan talablarning aksariyat qismi birxillashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Raqobat to'g'risida”gi qonun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar