Raqiblar do‘stga aylanganda: Ramos Messiga uyida yashashni taklif qildi

Sport

image

Joriy yilning 10 avgust kuni argentinalik hujumchi Lionel Messi PSJ bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.

“El Pais” xabariga ko‘ra, parijliklar safiga joriy mavsum kelib qo‘shilgan himoyachi Serxio Ramos Messi va uning oilasini o‘zi bilan yashashga taklif qilgan.

“Agar sen va oilang mehmonxonadan ko‘ra, uyda yashashni afzal ko‘rsang, mening uyimda qolishing mumkin”, deya taklif bergan Ramos.

Ramos 2005 yildan 2021 yilgacha “Real”da, Messi 2003 yildan 2021 yilgacha “Barselona”da o‘ynagan. Serxio Ramos faoliyati davomida hakamlar ko‘rsatgan 25 dan ziyod qizil kartochkaning aksariyatini Messiga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng “ishlab” olgan.

Eslatib o‘tamiz, har ikki futbolchi sardor sifatida o‘z jamoalarini tark etishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Serxio Ramos Futbol Lionel' Messi Real Madrid

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing