Raisiy birinchi marta O‘zbekistonga kelmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy 14-16 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Oliy darajadagi O‘zbekiston-Eron muzokaralari va tashrif doirasidagi boshqa tadbirlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ikki mamlakat yetakchilari ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqadilar, savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratadilar.

Uchrashuv yakunida qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

15-16 sentyabr kunlari Prezident Ibrohim Raisiy SHHTning Samarqand sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Ibrohim Raisiy 2021 yilning avgustidan buyon Eron Islom Respublikasi Prezidenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. Bu uning O‘zbekistonga ilk tashrifi. 

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisi bundan avval 2021 yilning sentyabr oyida Dushanbeda uchrashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing