Rafinya jarohati sabab safdan chiqdi
Sport
−
02 fevral 1043 1 daqiqa
Braziliya terma jamoasi va “Barselona” klubi yetakchisi Rafinya jarohati tufayli jamoasining “Albasete”ga qarshi Ispaniya kubogi chorak final uchrashuvida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga o‘ng son mushagining cho‘zilishi tashxisi qo‘yilgan. Ehtiyot chorasi sifatida Rafinya kubok bahsini o‘tkazib yuboradi va bir haftalik tiklanish davrini o‘taydi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Rafinya “Barselona” safida barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. “Barselona” ayni damda Ispaniya La ligasi turnir jadvalida 55 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona”ning yana bir yetakchisi Pedri Chexiyaning “Slaviya” jamoasiga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida jarohat olib, 1 oyga safdan chiqqan edi.
Live
Barchasi