“Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi” DUK direktori vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 20 iyul kuni “Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi Kapital qurilish bo‘yicha direktori Alisher Abdushukurovich Abduazizov vafot etdi.

Alisher Abduazizov 1961 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1983 yilda boshlab, Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Respublika axborot-kutubxona markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida turli rahbarlik lavozimlarda faoliyat olib borgan hamda soha rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Ayni kunga qadar “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” Kapital qurilish bo‘yicha direktor lavozimida mehnat faoliyatini olib borayotgandi.

Alisher Abduazizov Aloqa va axborotlashtirish sohasining rivojiga katta hissa qo‘shgan rahbarlardan biri edi.

“Alisher Abdushukurovich o‘zi faoliyat yuritgan barcha mehnat jamoalarida nafaqat rahbarlik jihatlari, balki insoniy fazilatlari bilan ham katta hurmatga sazovor bo‘lgan inson edi. Ilohim ohiratlari obod bo‘lsin!

“Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi” DUK mehnat jamoasi marhumning qarindosh va yaqinlariga, hamkasblariga chuqur ta’ziya va hamdardlik izhor etadi”, deyiladi markaz ta’ziyanomasida.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Abduazizov

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar