Rabbimov uchta modda bo‘yicha javobgarlikka tortilgan – IIV

Jamiyat

image

Avvalroq, siyosatshunos va tahlilchi Kamoliddin Rabbimov kecha, 17 aprel kuni Toshkentdagi uyidan chiqib ketgancha qaytib kelmagani, bugun, 18 aprel kuni soat 19:00 atrofida jamoatchilik orasida uning dom-daraksiz ketgani shov-shuvlarga sabab bo‘lgach, uning 15 sutkaga qamalgani ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 

Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. U shunday deb yozadi:

“Joriy yilning 17 aprel kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani “Chaqar” mahallasida o‘tkazilayotgan sanitariya-profilaktik tadbirlar jarayonida, fuqaro K.R. xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning faoliyatiga asossiz aralashib, ularning ishiga to‘sqinlik yaratib, qonuniy talablarini bajarmagan. 

Holat yuzasidan fuqaro K.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194 va 195-moddalari bilan materiallar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1285

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing