Ra’no Shodiyeva Hindistondagi kinofestivalda taqdirlandi (video)
Madaniyat-san’at
−
01 fevral 2023 17537 1 daqiqa
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Ra’no Shodiyeva Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlarning badiiy va televizion filmlari festivali (NFDC)ning “Eng yaxshi ayol obrazi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Aktrisa ushbu mukofotga real voqealarga asoslangan rejissyor Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati” filmidagi roli uchun loyiq deb topilgan. Kinokartina Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi doirasida Suriyadan qaytarilgan o‘zbek ayollarining ayanchli taqdiri haqida hikoya qiladi.
Shuningdek, festivalda xitoylik rejissyor Chjao Syaozji tomonidan suratga olingan “Uyga uzoq yo‘l” filmi “Eng yaxshi rejissyor” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Qozog‘istonlik “Paralimpiyachi” filmining aktyori Asqar Ilyosov eng yaxshi erkak roli uchun mukofotga sazovor bo‘ldi.
Tojikistonning “Fortuna” va Qirg‘izistonning “Jannatga yo‘l” filmlari esa hakamlar hay’atining alohida e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28