Rahmonov ikki o‘rinbosari va ikki tuman hokimini jazoladi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hokimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘lladi. Bu bo‘yicha shahar hokimi tegishli qaror qabul qilgan. 

Qarorga ko‘ra:

  • Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari  Hotambek Anvarovich Shokirov;
  • Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shohruh G‘ayrat o‘g‘li Rahimjonov;
  • Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li Xolxo‘jayev;
  • Yunusobod tumani hokimi Abduvaliyev Bahodir Abdulhayevich;
  • “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” Davlat unitar korxonasi bosh direktori Axad Anvarovich Razzoqovlarga o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing