Rahbar ko‘p, lekin xalqning dardi bilan shug‘ullanadigan odam yo‘q – Prezident
Jamiyat
−
10 fevral 2021
4929Rahbar ko‘p, mas’ullar ko‘p, lekin xalqning dardi bilan shug‘ullanadigan odam yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 10 fevral kuni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Rahbar ko‘p, mas’ullar ko‘p, lekin xalqning dardi bilan shug‘ullanadigan odam yo‘q. Hamma qarorlarni bajarsa bo‘ladi. Eng katta kamchilik – nazorat yo‘q, vazirlar, hokimlar o‘zini qiynamaydi”, deydi Prezident.
Shuningdek, videoselektor yig‘ilishida Davlat dasturidagi ikkita katta yo‘nalish – iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalarga oid vazifalar haqida so‘z borgan.
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha 113 ta chora-tadbir belgilangan. Bunda eng katta e’tibor yangi ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan.
LiveBarchasi