“Quramax Medical” direktoriga 20 yil qamoq jazosi berildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar sudida “Dok-1 Maks” ishi bilan bog‘liq yakuniy sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ jurnalisti Sevara Husniddinova xabar berdi.

Sud qaroriga ko‘ra, “Quramax Medical” MCHJ direktori hindistonlik Singx Ragnevdra Pratap Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan aybdor deb topilib, unga 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi. U jazoni o‘tab bo‘lgach, Hindistonga deportatsiya qilinadi.

Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari Sardor Qoriyevning o‘rinbosarlari Amirxon Azimov va Nodirbek Musayevga 16 yil ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, ikkalasi ham 2 yil-u 6 oy muddatga davlat idoralarida rahbarlik lavozimida ishlay olmaydi.

Bundan tashqari, Sud qarori bilan “Dok-1 Maks” tufayli vafot etgan bolalarning 56 nafariga, ularning qonuniy vakillariga 1 mlrd so‘mdan, to‘rt nafar jabrlanuvchilarga 500 mln so‘m, yana 8 nafar jabrlanuvchilarga esa 200 mln so‘mdan tovon puli undirib beriladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari Sardor Qoriyevga 2 yilu 6 oy davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlamaslik, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing