Maduro “Venesuela dushmani”ga salomatlik tiladi

Olam

image

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro AQSH Prezidenti Donald Trampni "Venesuela dushmani" deb bilishiga qaramay, uning sog‘ayib ketishini tiladi. Bu haqda TASS ma’lumot berdi

"Biz hech kimning kasal bo‘lishini xohlamaymiz. AQSH Prezidenti Venesuelaning shafqatsiz dushmani bo‘lsa ham, uni insoniy jihatdan qo‘llab-quvvatlaymiz va uning sog‘ayib ketishini tilaymiz", degan Venesuela Prezidenti Twitter'dagi nutqida. 

Maduro bu kasallik Trampni yanada mulohazali va insonparvar qilishiga umid bildirgan. 

Venesuela Prezidenti Trampning kasal bo‘lishiga sabab qilib, AQSHda hammaning ham himoya niqobini taqmasligini ko‘rsatgan. 

“Afsuski, Tramp ehtiyot choralarini nazar-pisand qilmagan”, deb qo‘shimcha qilgan Venesuyela Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniyada joriy yilning 1 oktyabr kuni koronavirus aniqlandi. Biroz o‘tib esa Prezident Uolter Rid harbiy shifoxonasiga yotqizildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing