O‘zbekistonlik olimlar koronavirusni aniqlash tizimini ishlab chiqdi
Jamiyat
−
24 mart 2020
16136O‘zbekistonlik mutaxassislar COVID-19 koronavirusini aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mutaxassislar ushbu ishlanmani yaratish ustidagi izlanishlarni bundan bir oy oldin, virusning dunyo bo‘ylab tarqalishi avj olgan va O‘zbekistonda ham paydo bo‘lish xavfi ortib borayotgan bir paytda boshlagan.
Butun jarayon uchun 5-6 soat talab etilishini inobatga olgan holda aytish mumkinki, bu tezkor tahlil emas, balki faqat ixtisoslashgan laboratoriyalarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan to‘liq test tizimidir.
Mahalliy test tizimini yaratish jarayonida O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasining ko‘magini alohida qayd etish zarur. Elchixona AQSHda ishlab chiqarilgan ijobiy nazorat namunalarini tezkor yetkazib berishni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etildi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar soni 50 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr