O‘zbekistondagi maktablarda koronavirus bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi

Jamiyat

image

Yangi koronavirus kasalligining tarqalishi munosabati bilan maktablarda O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib boriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda. 

Ma’lumki, o‘tgan yilning 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ga mamlakatning Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya epidemiyasi yuzaga kelgani haqida xabar qilgan edi. Kasallanishning birinchi holatini dengiz mahsulotlari sotiladigan bozor bilan bog‘lashmoqda. Joriy yilning 7 yanvar kuni xitoylik mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekanini aniqlashdi. Koronavirus boshqa xorij mamlakatlarida ham qayd etilgan.

Xabarda qayd etilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyasiga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi tizimida O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib boriladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqdi:

•    xonalar haroratini me’yorda bo‘lishi, xonalarni tez-tez shamollatib turish va namli dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borish;

•    kasallikning klinik belgilari va tana harorati yuqori bo‘lgan ishchilar, talabalar va o‘quvchilar aniqlanganda ularni ishga va o‘qishga qo‘ymaslik, tibbiy muassasaga murojaat etishini tashkil etish;

•    hojatxonalarda tozalash va dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borilishini nazoratga olish;

•    hojatdan chiqqanda va ovqatlanishdan oldin qo‘lni sovunlab yuvish va shaxsiy gigiyena qoidalariga muntazam rioya etilishi;

•    talaba va o‘quvchilarni tibbiy niqoblar bilan yetarlicha ta’minlash;

•    xodimlar, talabalar va o‘quvchilar ishtirokida tibbiyot mutaxassislarini jalb qilgan holda koronavirus infeksiyasini profilaktikasi bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etish.
 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing