Beltepadagi issiq suv quvurida avariya: mas’ullar ishni boshlagan

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Shayxontohur tumanining Beltepa mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylarga olib boruvchi ichki yo‘llar ostidan qaynoq suv otilib chiqayotgani, buning oqibatida juda ko‘p miqdorda issiq suv isrof bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. 

Mazkur holat QALAMPIR.UZ’ning e’tiborini tortdi. Tahririyat Shayxontohur tumani hokimiyati Matbuot xizmati bilan bog‘lanib, holat bo‘yicha to‘liq ma’lumot oldi. 

Qayd etishlaricha, ushbu hududdan o‘tgan va muddatini o‘tab bo‘lgan issiq suv quvurida avariya yuzaga kelgan. Hududdagi quvur bosqichma-bosqich almashtirilishi boshlangan. Ayni vaqtga kelib, muammo bartaraf etilgan. Yaqin soatlarda issiqlik tizimi yana o‘z maromida ishlashni boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing