Eron Oliy rahbari “Quds”ning yangi qo‘mondonini tayinladi

Olam

image

Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiy vafot etgan general Qosim Sulaymoniy o‘rniga Ismoil Qoonini Islom inqilobi posbonlari korpusining “Quds” bo‘linmasi rahbari etib tayinladi.

Ismoil Qooni brigada generali hisoblanadi. U Eron-Iroq urushida qatnashgan. “Quds”ga rahbar bo‘lguncha Qosim Sulaymoniyning o‘rinbosari bo‘lgan va u bilan Yaqin Sharqda xizmat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 yanvar kuni “Quds” bo‘linmasining Yaqin va O‘rta Sharqda mashhur bo‘lgan generali Qosim Sulaymoniy AQSHning Bag‘dod aeroportida o‘tkazgan harbiy operatsiyasi natijasida halok bo‘ldi.

Eron Sulaymoniyning o‘limi uchun AQSHdan qasos olishga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Eron Qosim Sulaymoniy Quds Ismoil Qooni

Baholaganlar

178

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing