QALAMPIR.UZ’da sport yangiliklari. Hafta davomida bizni nimalar kutyapti?

Sport

image

Joriy haftada sport olamida bir qator e’tiborga molik voqealar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. QALAMPIR.UZ hafta davomida o‘tkazilishi kutilayotgan bellashuvlarni e’tiboringizga havola etadi.

28 iyun

Futbol: Yevro-2020 musobaqasining nimchorak finali doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. 3 karra Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan Ispaniya terma jamoasi Rossiya mundialining finalchisi Xorvatiya bilan bahs olib boradi. Navbatdagi bellashuv esa, amaldagi jahon chempioni Fransiya va Shveysariya o‘rtasida kechadi. G‘alaba qozongan terma jamoalar musobaqaning chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Kopa Amerika musobaqasida guruh bahslari o‘z yakuniga yetmoqda. “A” guruhida vaziyat deyarli aniq bo‘lib ulgurgan. Boliviya Argentina bilan to‘qnash kelsa, Urugvay termasi Paragvay bilan bahs olib boradi. Avvalgi to‘rtta bellashuvda mag‘lubiyatga uchragan Boliviya musobaqani tark etishi aniq. So‘nggi turda qanday natija qayd etilishidan qat’i nazar, guruhdagi vaziyat o‘zgarmaydi.

O‘zbekiston Superligasi 11-turining so‘nggi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “Qo‘qon-1912” va “Nasaf” bahsiga Yaypandagi “O‘zbekiston” stadioni mezbonlik qiladi. Uchrashuv soat 20:00 da boshlandi.

Osiyo chempionlar ligasi “N” guruhidan o‘rin olgan “Chiangrai Yunayted” - “Tampines rovers” hamda “Gamba Osaka” - “Chonbuk motors” klublari o‘rtasidagi bahs ham bugun bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Guruh bahslari markazlashgan holda o‘tkazilyapti va unga Toshkent shahri mezbonlik qilmoqda.

Tennis: bugun, 28 iyun kuni  “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turniri start oladi. Markaziy kortda chempionlik uchun asosiy da’vogarlar o‘z o‘yinlarini o‘tkazishadi. Novak Jokovich (Serbiya, 1) - Jek Dreyper (Britaniya), Sloan Stivens (AQSH) - Petra Kvitova (Chexiya, 10), Endi Marrey (Britaniya) - Nikoloz Basilashvili (Gruziya, 24) o‘rtasidagi bahslar e’tibor markazida bo‘ladi.

29 iyun

Futbol: Yevro-2020 musobaqasining nimchorak finalida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Turnir favoritlari qatorida e’tirof etilayotgan Angliya azaliy raqiblaridan biri Germaniya termasi bilan bahs olib boradi. Shvetsiya esa Ukraina bilan “hisob-kitob” qiladi. 

Tennis: “Uimbldon” turnirida 29 iyun kuni yakkalik bahslarining 2-davra uchrashuvlari o‘tkaziladi.

30 iyun 

Tennis: “Uimbldon” turnirining 3-davra uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Kopa Amerika, Yevro-2020, O‘zbekiston Superligasi va OCHLda o‘yinlar o‘tkazilmaydi.

1 iyul 

Futbol: OCHL guruh baxslarining 3-turida “Chonbuk Motors” “Tampines Rovers” klubi bilan “hisob-kitob” qiladi.

2 iyul

Futbol: Yevro-2020 musobaqasida chorak final bahslari o‘tkaziladi. Birinchi juftlik jamoalarining nomi bugun ma’lum bo‘ladi. Ikkinchi uchrashuvda Belgiya va Italiya terma jamoalari yarim final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.

Kopa Amerika turnirining chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi. “B” guruhidan keyingi bosqichga yo‘l olgan jamoalar o‘z raqiblari nomini bugungi uchrashuvlardan so‘ng bilib oladi. Braziliya va Peru o‘z raqiblarini kutmoqda.

O‘zbekiston Superligasida 12-tur o‘yinlari start oladi. “Turon” o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qilsa, “Qizilqum” “Mash’al” bilan bahs olib boradi.

Tennis: “Uimbldon” turnirida chorak final bahslari o‘tkaziladi.

3 iyul

Futbol: Yevro-2020 musobaqasida chorak final bahslari o‘tkaziladi. Birinchi uchrashuvda Chexiya va Daniya terma jamoalari yarim final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi. Ushbu juftlik g‘olibiga raqiblik qiladigan jamoa nomi bugun ma’lum bo‘ladi.

Kopa Amerika turnirining chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi. “B” guruhidan keyingi bosqichga yo‘l olgan jamoalar o‘z raqiblari nomini bugungi uchrashuvlardan so‘ng bilib oladi. Ekvador va Kolumbiya o‘z raqiblarini kutmoqda.

O‘zbekiston Superligasida 12-tur o‘yinlari start oladi. AGMK o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni qabul qilsa, “Vodiy derbisi”da “Navbahor” “Andijon” bilan bahs olib boradi.

Tennis: “Uimbldon” turnirining chorak final bahslari o‘tkaziladi.

4 iyul 

Futbol: O‘zbekiston Superligasida 12-tur o‘yinlari start oladi. “Surxon” o‘z maydonida “Bunyodkor” bilan, “Nasaf” “So‘g‘diyona” bilan bahs olib boradi. Turning eng so‘nggi uchrashuvi “Paxtakor” va “Lokomotiv” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Yevro-2020, Kopa Amerika va Uimbldon turnirida bellashuvlar o‘tkazilmaydi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing