Putinning telefon ishlatmasligi sababi aytildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning nima sababdan mobil telefon ishlatmasligi haqida ma’lumot berdi.

Peskovning ta’kidlashicha, agar odamda mobil telefon bo‘lsa, demak u to‘liq shaffoflikka, o‘z hayotini umumiy ekranga chiqarishga tayyor bo‘lishi kerak. Aynan shuning uchun Rossiya rahbari smartfon ishlatmaydi. 

"Smartfonga ega bo‘lish – bu shunchaki ixtiyoriy ko‘rgazmachilik, to‘liq shaffoflik... Afsuski, dunyo shunday tuzilgan. Prezidentda esa bunday bo‘lmasligi kerak, ayniqsa, Rossiya singari davlatda va Putin kabi Prezidentda", deya ta’kidlagan Peskov.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Putin uchun axborot materiallari tayyorlashda hali ham bosma nashrlari bo‘lgan papkalardan foydalanilmoqda. Biroq, Prezidentning o‘zi ma’lumotlarni ba’zan internetdan kuzatib turadi yoki televizordan foydalanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing