Putinning ma’shuqasi YeIning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi – CNN

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan gimnastikachi Alina Kabayeva Yevropa Ittifoqining Moskvaga qarshi sanksiyalarining oltinchi paketiga kiritilgan. Bu haqda CNN yevropalik diplomatlarga tayanib, xabar bergan.

Qayd etilishicha, Rossiyaga qarshi oltinchi sanksiyalar paketining navbatdagi muhokama qilinayotgan bosqichidagi ro‘yxatga Alina Kabayeva kiritilgan. 

Shuningdek, Rossiya pravoslav cherkovi rahbari Patriarx Kirill ham Yevropa Ittifoqining oltinchi sanksiyalar paketiga kiritilgan shaxslar orasida. Ularning ismlari hali o‘chirilishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi ushbu taklif loyihasini rasman imzolagani yo‘q, lekin bugun, 6 may kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan YeI dagi doimiy vakillar yig‘ilishida imzolanishi mumkin.

"Munozaralar davom etmoqda. Bu unchalik oddiy ish emas", deydi diplomatlardan biri.

Ma’lumot uchun, AQSH Rossiya Prezidenti Putinning qizlari deb bilingan Katerina Tixonova va Mariya Voronsovaga nisbatan sanksiya joriy qilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida “The Wall Street Journal” AQSH rasmiylari Kabayevaga nisbatan sanksiyalar qo‘llash yoki qo‘llamaslik masalasini muhokama qilayotgani haqida xabar bergan edi. AQSH Moliya vazirligi rasmiylari ushbu qadam keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkinligidan xavotir bildirilgan, chunki bu Putin uchun katta shaxsiy zarba bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing