Putinning qizi yana bir lavozimni egalladi
Olam
−
13 iyul 2022
12078Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qizi deb bilinadigan Milliy intellektual rivojlanish jamg‘armasi bosh direktori Katerina Tixonova Rossiya Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi qoshidagi import o‘rnini bosish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi bo‘ldi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi ma’lumotlariga qaraganda, kengash import o‘rnini bosish masalalari bo‘yicha ittifoq ishchi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, importni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha raqamli xizmatlarni yaratish maqsadida tashkil etilgan.
Aytish joizki, avvalroq “Reuters” va “Bloomberg” agentliklari Tixonovani Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qizi deb atagandi. Ma’lumot rasman tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan. 2015 yil dekabr oyida matbuot anjumani chog‘ida Rossiya rahbari o‘z oilasini xavfsizlik masalalari yuzasidan muhokama qilmaslikni so‘ragan.
Shuningdek, joriy yilning aprel oyining birinchi yarmida AQSH, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya va Avstraliya Tixonovaga nisbatan Putinning qizi sifatida mamlakatga kirishni taqiqlovchi hamda aktivlar va hisoblarni bloklovchi sanksiyalar kiritgandi.
LiveBarchasi